To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi Sherali Qosimov Yettikon mahallasida shaxsiy qabul o‘tkazdi
2026-06-16 13:00:00 / Yangiliklar

Ushbu mahallaning Hamroh ko‘chasida yashovchi bir guruh fuqarolar ichimlik suvi hamda oqova suvi yetishmovchiligi masalasida hokim nomiga ariza yo‘llashgandi. Qabulda aynan ularning murojaatiga mas’ullar ishtirokida yechim izlandi.
Aytib o‘tilganidek, o‘tgan va joriy yilda tumandagi og‘ir toifadagi hududlarda shu kabi muammolar dasturlar asosida hal etildi va bu harakatlar davom etadi. Ungacha esa shu ko‘chada yashovchi aholiga Namangan kanalidan suv tortish, ichimlik suvini maxsus transport orqali yetkazib berish rejalashtirildi.
Qabulda farzandini davolatish, ichki ko‘chani ta’mirlash, Go‘zalobod ko‘chasi xonadonlariga elektr ta’minotini yaxshilash uchun qo‘shimcha transformator va beton tayanchlar o‘rnatish, uy ta’miri masalalarida ham murojaatlar eshitilib, shu joyning o‘zida mas’ullarga kerakli topshiriqlar berildi.
Shaxsiy qabullar mahallalarda davom etadi.









