Adliya boshqarmasi boshlig‘i sayyor qabul o‘tkazdi
2026-02-19 11:30:00 / Yangiliklar
Mahallalarda xavfsiz hudud yaratish, jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va keskin kurashish masalasi davlat idoralarining doimiy diqqat markazida.

Viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Dilmurod Ahmedov o‘ziga biriktirilgan, To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “qizil” toifali hudud – Isvaxon mahallasida bo‘lib, aholining talab-istaklarini o‘rgandi.
“Sayyor qabul” tarzida tashkil etilgan va tuman hokimi o‘rinbosarlari, xizmat ko‘rsatuvchi idoralar vakillari ishtirokida kechgan qabulda fuqarolar uy-joy, subsidiya, nogironlik masalalarida murojaat qildilar.
Shuningdek, ishga joylashish, hujjatlardagi noaniqliklarni bartaraf etish singari masalalarda ham so‘rovlar bo‘ldi. Murojaatlarning aksariyati huquqiy tushuncha berish orqali hal etildi, qolganlari o‘rganib chiqiladi va hal etish choralari ko‘riladi.
To‘raqo‘rg‘on tumani hokimligi
Axborot xizmati









