Aholining uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini hal etish maqsadida To‘raqo‘rg‘onda ham har yili yangi ko‘p qavatli uylar qad rostlamoqda.
2026-02-18 15:30:00 / Yangiliklar
“Sherdor yurt bunyodkori” MChJ tomonidan Xo‘jand mahallasi markazida loyiha qiymati 15 milliard 127 million so‘mdan ortiq bo‘lgan 5 qavatli, 68 xonadonli uy qurilishi o‘tgan yilning ikkinchi yarim yilligida boshlangandi. Ayni paytda asosiy ishlar yakunlanib, pardozlash jarayonlariga kirishilyapti.

To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi Sherali Qosimov qurilish maydonida bo‘lib, tadbirkor quruvchining rejalari bilan tanishdi. Uning aytishicha, ishchi kuchi va texnikalar bir maromda faoliyat ko‘rsatmoqda. Shunday tarzda davom etsa xonadonlarni rejadagidan ham avvalroq egalariga topshirish imkoniyati yaratiladi.
To‘raqo‘rg‘on tumani hokimligi
Axborot xizmati






