#agrotexnik_tadbirlar
2026-02-16 16:30:00 / Yangiliklar

Bugun ikkita hudud - "Baxtiyor, Ne’matjon, Shavkatjon" va "Buyuk orol" fermer xo‘jaligida ana shu dolzarb masalalar yuzasidan seminar o‘tkazildi. Unda tuman hokimining o‘rinbosari Nosirjon Umarov, o‘simliklar karantini va himoyasi tuman bo‘limi boshlig‘i Ahmadxon A’zamov tomonidan g‘allani bargidan oziqlantirish, begona o‘tlar va zararkunanda hasharotlarga, zang kasalligiga qarshi kurashish bo‘yicha ilmiy asoslangan tadbirlar tushuntirib o‘tildi.
Dalalarda, shuningdek, chigit ekishga hozirlik, mahalliy o‘g‘it jamg‘arish, suv yo‘llarini ravonlashtirish, maydon chetlariga ko‘chatlar ekish, mavjudlariga shakl berish kabi ishlarni muntazam davom ettirish fermerlarga eslatildi.
To‘raqo‘rg‘on tumani hokimligi
Axborot xizmati




