Rahbarlar qabuli: har bir murojaat shaffof, qonuniy va asosli hal etiladi
2026-02-11 11:30:00 / Yangiliklar
Bugun “Xalq qabulxonasi” binosida To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi Sherali Qosimov, tuman prokurori Ahmadxon Yusupov hamda IIB boshlig‘i Jahongir Xusaynovlar fuqarolarning turli mazmundagi murojaatlarini tingladilar.

Unda uy-joy qurish, haj safariga navbat so‘rab,tibbiy yordam, bog‘ maydonini rasmiylashtirish, farzandining o‘qishi uchun kontrakt mablag‘ini to‘lab berish, avtomashina boshqarishdagi qoidabuzarlik uchun jarimani qayta ko‘rib chiqish, kuzatuv kamerasi o‘rnatish, Milliy gvardiyaga ishga kirish, birovning nomiga olingan kredit muammosini hal etish, aliment to‘lovi, mahallaga ichimlik suvi tarmog‘i tortish kabi masalalar ko‘rib chiqildi.
Ushbu murojaatlarning har biri belgilangan muddatda, shaffof va adolatli ko‘rib chiqiladi hamda hal etish choralari ko‘riladi.
To‘raqo‘rg‘on tumani hokimligi
Axborot xizmati








