To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi Sherali Qosimov joriy yilda «og‘ir» mahalla deya baholangan Uzumzor hamda Qodirobod mahallasi ahli bilan uchrashdi
2026-02-10 11:00:00 / Yangiliklar

Tuman rahbari mutasaddilarga topshiriqlar berar ekan, hududdagi har bir ijtimoiy-iqtisodiy masala alohida nazoratda ekanligiga urg‘u berdi.
Shuningdek, mazkur mahallalarda azaldan uzumchilik rivojlangani, faqat bugun ana shu an’anani davom ettirgan holda eksportbop uzum navlaridan ko‘paytirish kerakligi aytildi.
Yangi navli ko‘chatlarni sotib olish uchun davlat tomonidan subsidiyalar ajratilayotganligi va bundan unumli foydalanish zarurligi ta’kidlandi.
23-maktabda tashkillangan uchrashuvda Sh.Qosimov, shuningdek, yuqori sinf o‘quvchilari bilan ham suhbatlashdi. Yaratilgan qulay sharoitlarga mos ravishda puxta bilim olib, yuqori malakali mutaxassis bo‘lish zarurligiga e’tibor qaratildi.
To‘raqo‘rg‘on tumani hokimligi
Axborot xizmati









