Sport yo‘nalishida natijalar va rejalar
2026-02-06 16:30:00 / Yangiliklar
Hech qaysi soha mamlakatni sportchalik tez dunyoga tanita olmaydi. Bu ayni haqiqat tumanimizda ham isbotini topmoqda. O‘tgan 2025 yil mobaynida To‘raqo‘rg‘on sport maktabi tarbiyalanuvchilari Jahon va Osiyo chempionatlari kuboklarida 6 ta oltin, 4 ta kumush, 9 ta bronza, O‘zbekiston miqyosidagi nufuzli bellashuvlarda 35 ta oltin, 63 ta kumush, 89 ta bronza, jami 206 ta medallarni qo‘lga kiritdilar.

Joriy yilda rejalar yanada keng. Olimpia sport turlarini rivojlantirish, yutuqlarni ko‘paytirish, aholi o‘rtasida ommaviy sportni targ‘ib qilish, musobaqalarni muntazam tashkillash maqsad qilingan.
Bugun tuman hokimi Sherali Qosimov mazkur sport maktabida bo‘lib, ana shu taqdimotlar bilan tanishdi. Bu boradagi faoliyatni yanada mustahkamlash bo‘yicha munosabatlarini bildirdi. Yakunda ko‘plab yutuqlarga erishgan sportchilar hamda ularning murabbiylariga Tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
To‘raqo‘rg‘on tumani hokimligi
Axborot xizmati








