Yuqori hosildorlik mehnat bilan yaratiladi
2026-01-14 19:00:00 / Yangiliklar

Tuman hokimligida o‘tkazilgan amaliy seminarda Prezidentimizning 2025-yil 9-dekabrdagi “Paxtachilik va g‘allachilikda hosildorlikni oshirish uchun yuqori samarador intensiv agrotexnologiyalarni qo‘llashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori mazmun-mohiyatini tushuntirish, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish, sug‘orish tarmoqlarini ta’mirlash va jihozlash, qishloq xo‘jaligi ekinlarini oziqlantirish, hashorat va zararkunandalarga qarshi kurashish maqsadida kimyoviy vositalar zahirasini yaratish, mahalliy o‘g‘it jamg‘arishning borishi, chigit ekish seyalka va mexanizmlar tayyorgarligi kabi masalalar xususida so‘z bordi.
Seminarda tuman hokimi Sh.Qosimov, Respublika Fermerlar Kengashi mutaxassisi B.Mirzamova, viloyat kengashi raisi N.Kaimov, viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig‘i A.G‘apporov, “Agrolizing” viloyat filiali rahbari Sh.Turg‘unboevlar zarur tavsiyalarni berishdi.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, barcha sohalar qatori qishloq xo‘jaligida ham 2026-yilda tub burilishlar kutilmoqda. Yuqoridagi vazifalar ijrosi bu borada yetarli asos bo‘ladi.
To‘raqo‘rg‘on tumani hokimligi
Axborot xizmati





