“Bozorsiz Tuproqqal’a” nomli tanqidiy material yuzasidan rasmiy munosabat
2026-10-19 00:00:00 / Press-relizlar

Ijtimoiy tarmoqlarda “Bozorsiz Tuproqqal’a” nomli tanqidiy maqola yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Tuproqqal’a tumani yoş tuman bölişiga qaramay, uning infratuzilmasini bosqiçma-bosqiç rivojlantiriş va aholiga munosib turmuş şaroitlarini yaratiş böyiça tizimli işlar amalga oşirilmoqda.
Jumladan, bugungi kunda tuman markazida aholiga xizmat körsatib kelayotgan Dehqon bozori hamda köplab zamonaviy savdo va xizmat körsatiş şahobçalari faoliyat yuritmoqda. Şuningdek, tumanda tadbirkorlik subyektlarini köpaytiriş, yangi savdo majmualarini barpo etiş hamda aholi va mehmonga tungi vaqtda ham xizmat körsatadigan “24/7 tunu kun işlaydigan” savdo köçalarini taşkil etiş loyihalari izçillik bilan amalga oşirilmoqda.
Şu bilan birga, tumanimizning jadal rivojlanişi va aholi soni ortib borayotganini inobatga olgan holda, zamonaviy şaharsozlik hamda xavfsizlik talablariga töliq javob beradigan yangi Dehqon bozori majmuasini quriş böyiça takliflar va konseptual loyihalar işlab çiqilgan. Hozirgi kunda uşbu yirik loyihani loyihalaştiriş, joyini aniqlaştiriş va moliyaviy resurslarni yönaltiriş böyiça tegişli taşkilotlar bilan hamkorlikda tayyorgarlik bosqiçi bosqiçma-bosqiç olib borilmoqda.
Fuqarolarimiz va mustaqil jurnalistlarning tuman rivoji yölidagi xolis fikr va takliflarini doimo hurmat qilamiz hamda hududimiz infratuzilmasini yanada yaxşilaş borasidagi işlarni izçil davom ettiramiz.
