TUPROQQAL’A TUMANI PROKURORINING TUMAN AHOLISIGA MUROJAATI
2026-11-02 18:30:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Assalomu alaykum aziz hamyurtlar!
Davlatimiz rahbari Şavkat Miromonoviç Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimizda inson qadrini uluğlaş, uning huquq va manfaatlarini ta’minlaş borasida ulkan işlar amalga oşirilmoqda.
Şuni işonç bilan aytiş mumkinki, davlatçiligimiz tarixi heç qaçon bugungidek keng kölamli va şiddatli islohotlarga guvoh bölmagan.
Dunyo miqyosida «Yangi Özbekiston» degan ibora paydo bölib, Vatanimizning xalqaro maydondagi nufuzi va obrö – e’tibori tobora ortib bormoqda.
Qolaversa, inson, uning hayoti, huquq va erkinliklarini himoya qiliş, qonuniy manfaatlarini ta’minlaş, inson qadrini uluğlaş islohotlar markaziga olib çiqildi.
Aziz eldoşlar!
Tuman prokuraturasi tomonidan jinoyatçilik hamda huquqbuzarliklarning oldini oliş borasida 2026 yilning 10 oyda muayyan işlar amalga oşirildi.
Har 100 ming aholi soniga jami jinoyatlar tumanda örtaça
307,4 tadan töğri kelgan.
Joriy yil 10 oy davomida tumanda 189 ta jinoyatlar (121) qayd etilib, şundan 30 tasi (15,87 foizi) oldi olinişi lozim bölgan, 73 tasi (38,62 foizi) aniqlangan va 86 tasi (45,50 foizi) AKT yordamida sodir etilgan jinoyatlarni taşkil etadi.
Tumanda umumiy (AKT jinoyatlardan taşqari) 103 ta jinoyatlarning 30 tasini (29,12 foiz) oldi olinişi mumkin bölgan 10 ta ölim bilan boğliq yöl – transport xodisasi, 2 ta ölim bilan boğliq bölmagan yöl – transport xodisasi, oltitasi firibgarlik jinoyatlari, nomusga tegiş jinoyati 2 ta, öğirlik jinoyati törttani, 16 yoşga tölmagan şaxs bilan jinsiy aloqa qiliş jinoyati uçtani taşkil etib, ularning soni avvalgi yilga nisbatan 3 taga yoki 9,1 foizga kamaygan.
Oldi olinişi lozim bölgan jinoyat turlaridan ölim bilan boğliq bölmagan YTX oldingi yilning mos davriga nisbatan (2/6) 4 ta 66,7 foizga, ölim bilan boğliq bölgan YTX 3 taga yoki 23,1 foizga kamaygan bölsa, firibgarlik jinoyati 200 foizga (6/2) oşgan.
Qayd qilingan jinoyatlarning sakkiztasi yoşlar (8/9) tomonidan sodir qilingan bölib ötgan yilga nisbatan 1 taga kamaygan.
Ayollar va voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyat sodir etilmagan.
Tumandagi 18 ta mahallalarning 13 tasi “yaşil”, 5 tasi “sariq” toifaga kiritilgan.
“Sariq” toifadagi “Şarlauq” (1 ta oldi olinadigan unça oğir bölmagan jinoyat), "Obod" (2 ta oldi olinadigan unça oğir bölmagan va oğir jinoyat), “Saidlar” (1 ta oldi olinadigan unça oğir bölmagan jinoyat) va “Şayxlar” (1 ta oldi olinadigan oğir jinoyat) va “Saxovat” (2 ta oldi olinadigan unça oğir bölmagan jinoyat) mahallalarida sodir etilgan.
Qidiruvdagi 21 nafar şaxslarga nisbatan qidiruv işlari olib borilib, ön tört nafari uşlangan va qolgan yetti nafar şaxslarga nisbatan qidiruv işlari davom etmoqda.
Qotillik, özgalar mulkini nobud qiliş va avtotransportni olib qoçiş, odamlardan foydalaniş uçun ularni yollaş, bosqinçilik jinoyatlari sodir etilişining oldi olingan.
2026 yil 10 oyida tuman IIB faoliyatida 46 ta jinoyatlar hisobdan yaşirilganligi aniqlanib, belgilangan tartibda hisobga qöyildi va IIB mas’ul xodimlarining harakatlari yuzasidan xizmat tekşiruvlari ötkazilgan.
Nazorat tadbirlari davomida aniqlangan 115 ta qonun buziliş holatlari 21 ta taqdimnoma va 3 ta qarorlar orqali bartaraf qilindi.
Ötkazilgan prokuror nazorati tadbirlari davomida 16 nafar şaxsning buzilgan huquqlari tiklandi.
Tuman prokuraturasi va IIBda dastlabki tergovning sifati va samaradorligini oşirişga qaratilgan qator çora-tadbirlar körilgan.
Tuman prokuraturasi va IIB tergovida jami 158 ta jinoyat işining tergovi tamomlanib, 162 nafar şaxslarga nisbatan 134 ta jinoyat işlari sudlarga yuborildi.
Jinoyat oqibatida yetkazilgan moddiy zararlarning undirilişi, şu jumladan, zararlarni qoplaş maqsadida xatlangan mol-mulk yoki boşqa moddiy-qimmatliklarni haqiqiy bahosini aniqlaşning barça çoralari körib kelindi.
Şu davrda tuman prokuraturasi va IIBda tergov qilingan jinoyat işlari böyiça asossiz ravişda jinoiy javobgarlikka tortilgan, uşlangan hamda sud tomonidan oqlangan şaxslar bölmagan.
2026 yil 10 oyida fuqarolarning öz joniga qasd yoki suiqasd qiliş holati ötgan yilning şu davriga nisbatan 4 (4/5) tani taşkil qilib,
33 foizga kamaygan.
Bu borada har bir holat yuzasidan mahalla fuqarolar yiğinlariva boşqa tegişli taşkilotlarga taqdimnomalar kiritilib, tuman hokimligi bilan hamkorlikda çora - tadbirlar rejasi işlab çiqilgan.
Dolzarb ahamiyat kasb etuvçi qonun hujjatlari, xususan Özbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon va Qarorlari, yangi qabul qilingan hamda özgartiriş va qöşimçalar kiritilgan qonunlarning mazmun mohiyatini aholi örtasida keng tuşuntiriş işlarini taşkil etişga qaratilgan tadbirlar rejalari tuzilib, bir qator tarğibot tadbirlar amalga oşirilgan.
Qadrli hamyurtlar !
Albatta tumandagi barqarorlikni hamda ijtimoiy – iqtisodiy islohotlardagi bardavomligini ta’minlaşda tuman prokuraturasining xodimlari xalqiga, Prezidentiga sadoqat va fidoiylik bilan xizmat qiladi.
Mamlakamitimiz va xalqimiz rivoji uçun barçamiz bir birimizga yelkadoş bölib, hamjihatlikda harakat qilsak, har bir oila va mahallaning, tumanning rivoji, tinçligi va osoyiştaligini saqlaşda albatta közlangan maqsadlarga erişamiz.
MUZAFFAR SAPAYEV
Tuproqqal’a tumani prokurori
2026 yil 02 noyabr
