KUZ-QIŞ MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: BARQAROR TA’MINOT VA XAVFSIZLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
2026-10-15 14:30:00 / Matbuot anjumanlari

Tuproqqal’a tumanida kuz-qiş mavsumini betalafot va muammosiz ötkaziş, aholini issiqlik, elektr energiyasi hamda tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlaş borasida amalga oşirilayotgan işlar yuzasidan matbuot anjumani ötkazildi.
Unda hududda mavsumga tayyorgarlik doirasida olib borilayotgan işlar, mavjud muammolar va ularning yeçimlari, şuningdek, ijtimoiy soha obyektlarining qiş mavsumiga tayyorlik holati muhokama qilindi.
Matbuot anjumanida ta’kidlanganidek, kuz-qiş mavsumida aholi xonadonlari, ta’lim va tibbiyot muassasalari, boşqa ijtimoiy soha obyektlarini uzluksiz energiya resurslari bilan ta’minlaş ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.
Şu maqsadda elektr energiyasi va gaz ta’minoti tizimlarini barqaror işlaşini ta’minlaş, mavjud infratuzilmani ta’mirlaş, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini mavsumga tayyorlaş hamda yuzaga kelişi mumkin bölgan nosozliklarning oldini olişga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Şuningdek, ijtimoiy soha obyektlarida isitiş tizimlarining texnik holatini közdan keçiriş, zarur ta’mirlaş işlarini amalga oşiriş va yoqilği zaxiralarini şakllantiriş masalalari ham muhokama markazida böldi.
Tadbir davomida jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari vakillari mavzu yuzasidan özlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilardan javoblar oldilar.
Matbuot anjumani yakunida kuz-qiş mavsumini betalafot ötkaziş, aholi uçun qulay şaroit yaratiş hamda kommunal xizmatlar sifatini ta’minlaş borasidagi işlarni izçil davom ettiriş muhimligi qayd etildi.
