XALQ QABULXONASIDA NAVBATDAGI QABUL O‘TKAZILDI
2026-10-26 00:00:00 / Yangiliklar

Tuproqqal’a tumani hokimining birinchi o‘rinbosari S. Sultanov Xalq qabulxonasida fuqarolarni qabul qilib, ularning murojaatlarini tingladi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan muammolar, taklif va murojaatlar ko‘rib chiqilib, ularning yechimi yuzasidan tegishli mas’ullarga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Murojaatlarni belgilangan tartibda o‘rganish, fuqarolarni qiynayotgan masalalarga qonuniy yechim topish hamda ijrosini nazorat qilishga alohida e’tibor qaratildi.
