Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
2026-10-19 00:00:00 / Press-relizlar

Joriy yilning 19-oktabr kuni Tuproqqal’a tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i S.Sultonov tomonidan Xalq qabulxonasi binosida aholi bilan shaxsiy qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari va muammolari atroflicha tinglanib, ularni qonuniy va ijobiy hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
