Tuproqqal’ada tuman hokimining birinchi o‘rinbosari fuqarolarni qabul qildi
2026-10-09 00:00:00 / Yangiliklar

Tuproqqal’a tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Alisher Xalmuratovich Ramazonov tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Uchrashuvda tuman aholisi o‘zlarini qiynayotgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, tadbirkorlikni rivojlantirish, infratuzilma hamda bandlikka oid turli murojaatlar bilan murojaat qildilar.
Qabul davomida har bir fuqaro tinglanib, bildirilgan muammolarning ko‘pchiligi joyida hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab qiladigan murojaatlar esa tegishli soha mutasaddilariga biriktirilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.
