Ustozlarga ehtirom ko‘rsatildi 🎓
2026-09-30 00:00:00 / Yangiliklar

Bugun Tuproqqal’a tumanida 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi 🎉.
Tadbirda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari S. Sultonov tuman hokimining barcha ustoz va murabbiylarga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi. Unda ta’lim sifatini yuksaltirish, pedagoglar uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ta’kidlandi.
Shuningdek, ustozlarning jamiyat hayotidagi beqiyos o‘rni, yosh avlodni bilimli, vatanparvar va komil insonlar etib tarbiyalashdagi fidokorona mehnati alohida e’tirof etildi.
Tadbir davomida ta’lim sohasida samarali mehnat qilib, yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh ustozlarga tuman hokimligining tashakkurnomalari va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Bayram tadbiri tumanimizning xushovoz xonandalari tomonidan ijro etilgan sho‘x va dilbar kuy-qo‘shiqlarga ulanib, ustoz va murabbiylarga ko‘tarinki kayfiyat hamda bayramona zavq ulashdi
