“Birlashib buyuk tarix yaratamiz”
2026-09-28 00:00:00 / Yangiliklar

✅Bugun Tuproqqalʼa tumani 35-son Madaniyat markazida “Birlashib buyuk tarix yaratamiz” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.
📣Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan yo‘llangan bayram tabrigi hamda mamlakatimizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar va bunyodkorlik ishlarining sarhisobi, shuningdek, kelgusi 10 yillikda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan 7 ta milliy dasturning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazishga bag‘ishlandi.
❗️Tadbirda "Maʼrifat targ‘ibotchilar" jamiyati aʼzolari, maktablarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, maktab maslahatchilari va psixologlari, tarbiya fan o‘qituvchilari, nuroniylar va yoshlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
🎬Tadbir davomida mavzuga oid slaydlar, videorolik hamda “O‘zbek kelayotir” qo‘shig‘i namoyish etildi.
