Tuproqqal'ada bioyoqilg'i zavodi qurilishi bo'yicha jamoatchilik eshituvi o'tkazildi
2026-09-27 00:00:00 / Majlislar

Tuproqqal'a tumani hokimligida "Allied Biofuels" kompaniyasining bioyoqilg'i ishlab chiqarish loyihasi bo'yicha jamoatchilik eshituvi bo'lib o'tdi. Unda hokimiyat va korxona vakillari, OAV, blogerlar hamda keng jamoatchilik qatnashdi.
📊 6,8 mlrd dollarlik ushbu yirik loyiha mintaqada 2 mingdan ziyod yangi ish o'rni yaratadi. Korxona 4,45 gigavatt quyosh energiyasi yordamida, 6 ming gektarda yetishtiriladigan jo'xori biomassasidan barqaror aviatsiya yoqilg'isi (SAF) va yashil dizel ishlab chiqaradi.
🍃 Loyihani amalga oshirishda atrof-muhitni asrash va ekologik xavfsizlik talablariga qat'iy rioya etilishi belgilangan. Zamonaviy texnologiyalar orqali ishlab chiqarishning tabiatga ta'siri minimallashtirilib, tashlanmalar va suv resurslaridan foydalanish to'liq nazoratga olinadi. Bu tashabbus hududda yashil iqtisodiyotni rivojlantirish va barqaror kelajak sari tashlangan muhim qadamdir.
