RASMIY MUNOSABAT
2026-09-26 00:00:00 / Press-relizlar

Ijtimoiy tarmoqlarda piyodalar yo‘lakchasini qurish davomida elektr ustunlari yo‘lak hududiga tushib qolgani aks etgan video tarqalib, aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘lgan edi.
Mazkur holat mas’ullar, xususan, Qurilish nazorati inspeksiyasi va tuman hokimligi tomonidan tezkorlikda o'rganildi. Aniqlangan qoidabuzarlik zudlik bilan bartaraf etilib, piyodalar yo‘lagi shaharsozlik va qurilish normalariga to‘liq moslashtirildi.
❗️ Hurmatli fuqarolar!
Agar siz ham hududingizda shu kabi qurilishdagi noqonuniyliklar yoki kamchiliklarga duch kelsangiz, bu haqida "Ogoh fuqaro" platformasi orqali xabar berishingizni so'raymiz.
Farovon yurt — barchamizning mas'uliyatimiz!
📱 Ilovani yuklab olish: iOS | Android
