Sog‘lom hayot sari: Tuproqqal’ada sport sinovlari o‘tkazildi! 🏆
2026-09-25 00:00:00 / Yangiliklar

🏃♂️ Tuproqqal’a tumanida aholining jismoniy salohiyatini baholash va sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari bo‘lib o‘tdi.
💪 Ushbu ommaviy tadbirdan asosiy maqsad – sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, fuqarolarning mehnatga layoqatini oshirish, shuningdek, zararli odatlar hamda turli kasalliklarning oldini olishdan iborat.
🌟 Bunday sinovlar xalqimizni nafaqat jismonan toblantiradi, balki ruhan tetik bo‘lishga chorlaydi. Sog‘lom tanda – sog‘lom aql! Barchamiz sport bilan do‘st bo‘laylik!
