E’LON! Jamoatchilik eshituvi
2026-09-24 00:00:00 / Yangiliklar

Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumanida “Hazorasp erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” DK tomonidan zamonaviy texnologiyalar asosida barqaror aviatsiya yoqilg‘isi, elektro-sintetik aviatsiya yoqilg‘isi hamda yashil dizel ishlab chiqarishga ixtisoslashgan majmua qurish rejalashtirilmoqda.
Mazkur loyiha bo‘yicha atrof-muhitga ta’sirni baholash (AMTB) jarayonlari doirasida jamoatchilik fikrini o‘rganish, aholining ekologik axborotdan foydalanish imkoniyatini ta’minlash va loyiha yechimlarini muhokama qilish maqsadida jamoatchilik eshituvi o‘tkaziladi.
📅 Sana: 2026-yil 26-sentabr
🕐 Vaqt: 11:00
📍 Manzil: Tuproqqal’a tumani hokimligi binosi
Xorazm viloyati, Tuproqqal’a tumani, Yoshlik mahallasi, Komiljon Otaniyozov ko‘chasi, 1-uy
Eshituv davomida majmuaning asosiy texnologik va muhandislik yechimlari, shuningdek, loyihaning atrof-muhitga ehtimoliy ta’siri bilan bog‘liq masalalar muhokama qilinadi.
Jamoatchilik vakillari loyiha yuzasidan savollar berishi, taklif va mulohazalarini bildirishi hamda atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha o‘z fikrlarini taqdim etishi mumkin.
📢 Barcha manfaatdor fuqarolar, jamoatchilik vakillari va mutaxassislarni jamoatchilik eshituvida faol ishtirok etishga chorlaymiz!
📌 Tashkiliy masalalar bo‘yicha:
Tuproqqal’a tumani hokimi o‘rinbosari
Bekchanov Doniyor
📞 +998 91 570-00-70.
📌 OAV bilan hamkorlik va axborot masalalari bo‘yicha:
Akramova Shaxzoda
📞 +998 97 749-79-00.
