DAVLAT TILIGA E’TIBOR — MILLIY QADRIYATGA HURMAT!
2026-09-23 00:00:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida tumandagi umumiy ovqatlanish shoxobchalarida navbatdagi monitoring ishlari o‘tkazildi.
O‘rganishlar davomida restoran, kafe va oshxonalarda iste’molchilarga taqdim etilayotgan taomnomalarning davlat tilida yuritilishi, taom hamda ichimlik nomlarining to‘g‘ri va imlo qoidalariga mos yozilishi, shuningdek, ma’lumotlarning aholi uchun tushunarli va qulay shaklda tayyorlanganiga alohida e’tibor qaratildi.
Davlat tili — kundalik hayotimiz va madaniyatimizning ajralmas qismidir. Xizmat ko‘rsatish sohasida o‘zbek tilidan to‘g‘ri va o‘rinli foydalanish nafaqat qonun talabi, balki milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan yuksak hurmat belgisidir.
