Tuproqqal'ada yoshlar uchun ajoyib imkoniyat!
2026-09-22 00:00:00 / Yangiliklar

Bugun Tuproqqal'a tumanidagi 1-son texnikumda Xalq banki tashabbusi bilan "Mini texnologiyalar yarmarkasi" tashkil etildi.
Yarmarkada bank tomonidan ixcham texnologiyalar va daromadli, tayyor biznes loyihalar namoyish etildi. Bu o'z ishlab chiqarishini va shaxsiy biznesini yo'lga qo'yish istagidagi shijoatli yoshlarimiz uchun ayni muddao bo'ldi.
Tadbirda yoshlar uskunalar ishi bilan tanishib, tadbirkorlikni boshlash hamda imtiyozli kreditlar olish bo'yicha bank mutaxassislaridan kerakli maslahatlar olishdi.
