TUPROQQALʼA TUMANIDA ILMIY-AMALIY SEMINAR O‘TKAZILDI
2026-09-12 00:00:00 / Yangiliklar

Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumani, Obod MFY hududidagi “Fruit Garden” fermer xo‘jaligining limon issiqxonasida limon yetishtiruvchilar uchun amaliy seminar o‘tkazildi.
🌱 Seminarda limon yetishtirish samaradorligini oshirish, issiqxonalarda zamonaviy agrotexnologiyalardan foydalanish, hosildorlikni ko‘paytirish hamda sohada mavjud muammolarga amaliy yechimlar haqida fikr almashildi.
👨🌾 Tadbirda limonchilar, issiqxona xo‘jaliklari vakillari va soha mutaxassislari ishtirok etib, o‘zaro tajriba almashdilar.
🤝 Seminar ishtirokchilarga yangi bilim va amaliy tavsiyalar olish, mutaxassislar bilan bevosita muloqot qilish imkonini berdi.
🍋 Limonchilikni rivojlantirish — tajriba, bilim va hamkorlikdan boshlanadi!
