YAGONA VATAN, YAGONA XALQ BO‘LIB, YANGI HAYOT VA KELAJAK YARATAMIZ!
2026-08-28 00:00:00 / Yangiliklar

🎉 O‘zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi shukuhi kezib yurgan shu kunlarda, Tuproqqal'a tumanida bayramga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
🏅 Unda tumanimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotida faollik ko‘rsatayotgan, o‘zining tashabbuskorligi bilan barchaga o‘rnak bo‘layotgan bir guruh fidoyi yurtdoshlarimiz bayram munosabati bilan ta’sis etilgan esdalik nishonlari bilan taqdirlandilar.
🎤 Taqdirlash marosimida Tuproqqal'a tumani hokimi Akmal Jimalyazov so‘zga chiqdi. Tuman rahbari mustaqillik yillarida yurtimizda amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar, keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari va xalq farovonligini ta’minlashda aynan mana shunday halol va mehnatkash insonlarning munosib hissasi borligini alohida e'tirof etdi.
💐 Barcha taqdirlanganlarni ushbu munosib yutuq bilan chin dildan qutlaymiz! Vatan ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo‘lidagi sharafli va mashaqqatli mehnatlaringizda doimo zafarlar yor bo‘lsin!
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz hamyurtlar! 👏
