Tuproqqalʼa tumanida “IT-shaharcha” faoliyati yoʻlga qoʻyildi
2026-08-27 00:00:00 / Yangiliklar

🖥 Bugun, 27-avgust kuni Xorazm viloyati Tuproqqalʼa tumanida “IT-shaharcha”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
⚜Ushbu “IT-shaharcha”da 100 nafardan ortiq yoshlar bir vaqtda tahsil olishi mumkin. Mazkur loyiha doirasida 5–11-sinf o‘quvchilari raqamli texnologiyalar hamda xorijiy tillar bo‘yicha boshlang‘ich bilimlarni bepul egallash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
⬇“IT-shaharcha”da quyidagi yo‘nalishlarda bepul ta’lim beriladi:
➡Kompyuter savodxonligi;
➡Dasturlash;
➡Sun’iy intellekt;
➡Robototexnika;
➡Grafik dizayn;
➡Ingliz tili.
✅Shu bilan birga, “IT-shaharcha”da zamonaviy jihozlangan kutubxona, shaxmat toʻgaragi hamda kibersport zonalari faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
