Tuproqqal'ada korrupsiya va jinoyatchilikka qarshi kurashish ishlari muhokama qilindi
2026-08-20 00:00:00 / Majlislar

📍 Tuproqqal'a tumanida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida o'tgan davrda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi. Unda Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi raisi Altibay Bekchanov, viloyat prokurorining birinchi o'rinbosari Sherzod Muhammetov, tuman tashkilotlari rahbarlari hamda "mahalla yettiligi" ishtirok etdi.
⚖️ Yig'ilishda korrupsiyaning barvaqt oldini olish, manfaatlar to'qnashuviga yo'l qo'ymaslik borasidagi faoliyat hamda tizimda yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklar ochiq, tanqidiy muhokama qilindi.
🛡 Shuningdek, hududda jinoyatchilikning oldini olish ishlari ham ko'rib chiqilib, bu yo'nalishdagi profilaktik tadbirlarni uyushqoqlik bilan tashkil etish va ko'zlangan ijobiy natija uchun barcha mas'ullar birgalikda harakat qilishi zarurligi alohida ta'kidlandi.
