Tuproqqal’a tumanida “Startap ekotizimi va innovatsion tadbirkorlik” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
2026-07-31 00:00:00 / Yangiliklar

Seminar-trening davomida ishtirokchilarga startap tushunchasi, uni yaratish bosqichlari hamda muvaffaqiyatli loyihani yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Shuningdek, IT Park O‘zbekiston tomonidan yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash dasturlari, rezidentlik afzalliklari, grant va investitsiya imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
Tadbir davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob oldilar hamda innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi yangi imkoniyatlar bilan tanishdilar.
