Muhabbat va Saxovat mahallalarida obodonlashtirish ishlari o'rganildi
2026-07-29 00:00:00 / Yangiliklar

Tuproqqal'a tumani hokimi Akmal Jimalyazov va tuman prokurori Muzaffar Sapayev Muhabbat hamda Saxovat mahallalarida bo'lib, hududlarni obodonlashtirish ishlarini ko'zdan kechirishdi. Tuman rahbarlari mas'ullar bilan birgalikda hududni yayov aylanib, ozodalikni ta'minlash hamda tozalik ishlarini tizimli tashkil etish bo'yicha aniq ko'rsatmalar berishdi va aholi bilan ochiq muloqot o'tkazishdi.
Uchrashuvlar davomida mahallani obod va ozoda tutish uchun har bir fuqaro hamda mas'ullar jipslashib, birgalikda harakat qilishi zarurligi alohida qayd etildi.
