30-iyun — "Yoshlar kuni" munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi
2026-06-30 00:00:00 / Yangiliklar

Bugun tumanimizda 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan tantanali bayram dasturi yuksak saviyada tashkil etildi.
Ushbu tadbirda tuman hokimi Akmal Jimalyazov ishtirok etib, tumanimiz yoshlarini qutlug‘ ayyom bilan samimiy muborakbod etdi.
Tadbir davomida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtidorini ro‘yobga chiqarish va bandligini ta'minlashdagi alohida xizmatlari uchun bir qator faol yoshlar, mahallalardagi yoshlar yetakchilari hamda hamkor tashkilot rahbarlari tuman hokimining maxsus tashakkurnoma va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan munosib taqdirlandilar.
Bayram dasturi doirasida tashkil etilgan ko‘tarinki ruhdagi gala-konsert o‘zining rang-barang musiqiy chiqishlari bilan barcha yig‘ilganlarga chinakam bayramona kayfiyat va unutilmas lahzalar ulashdi.
