Bitiruvchilarga oltin va kumush medallar topshirildi
2026-06-26 00:00:00 / Yangiliklar

Tantanali marosimda maktab bitiruvchilariga oltin hamda kumush medallarni topshirish tadbiri yuqori saviyada bo'lib o'tdi. Joriy o'quv yilida ta'limni a'lo baholarga tamomlagan iqtidorli o'quvchilarning 10 nafariga oltin va 16 nafariga kumush medallar munosib ko'rildi.
Shuningdek, iqtidorli yoshlarimizning 10 nafari muddatidan oldin Oliy ta'lim muassasalariga qabul qilingani alohida e'tirof etildi. Tadbir davomida farzandlarining ta'lim-tarbiyasiga katta hissa qo'shgan ota-onalarga chuqur minnatdorchilik bildirilgan holda maxsus tashakkurnomalar taqdim etildi.
Marosim so'nggida katta hayot ostonasida turgan barcha bitiruvchilarga kelgusi o'qish va ishlarida ulkan zafarlar hamda muvaffaqiyatlar tilab qolindi.
