Tuproqqal'a tumanida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi
2026-06-24 00:00:00 / Yangiliklar

Hududda faoliyat yuritayotgan ishbilarmonlar va Xorazm viloyati hokimining o‘rinbosari — viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i Alisher Duschanov o'rtasida amaliy uchrashuv bo'lib o'tdi.
Ochiq muloqot davomida tadbirkorlarni qiynayotgan muammolar, tushgan murojaatlar hamda biznes muhitini yanada yaxshilash va kengaytirishga doir takliflar batafsil tinglandi.
Ko‘tarilgan masalalarning bir qismi joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish va muddat talab etadigan murojaatlar yuzasidan mutasaddilarga aniq topshiriqlar berilib, ularning qonuniy hal qilinishi hamda ijrosi qat'iy nazoratga olindi.
