Tuproqqal'a tumani hokimi va yoshlar uchrashuvi
2026-06-19 00:00:00 / Yangiliklar

Bugun IT Park binosida Tuproqqal'a tumani hokimi Akmal Jimalyazov hamda bir guruh faol yoshlar o'rtasida ochiq muloqot bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda yigit-qizlarning axborot texnologiyalari sohasidagi loyihalari, ta'lim va bandlik masalalari muhokama qilindi. Tuman rahbari yoshlar tomonidan bildirilgan innovatsion takliflarni to'liq qo'llab-quvvatlashini ta'kidladi. Ko'tarilgan barcha masalalar ijrosini ta'minlash yuzasidan mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.
