“Ilmli ayol – kuchli jamiyat” ta’lim forumi o‘tkazildi
2026-06-16 00:00:00 / Yangiliklar

Tuproqqal’a tumanida xotin-qizlarning ta’lim olish imkoniyatlarini targ‘ib qilish hamda muvaffaqiyatli ayollar tajribasini ommalashtirish maqsadida “Ilmli ayol – kuchli jamiyat” mavzusida forum tashkil etildi.
Unda maktab bitiruvchi qizlar, ota-onalar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari G. Sobirova hamda mutasaddilar tomonidan xotin-qizlar uchun yaratilayotgan ta’lim va kasb-hunar imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.
Forum yosh qizlarni bilim olishga undash va ularning kelajakka ishonchini mustahkamlashga xizmat qildi.
