Sun'iy intellekt yetakchilari taqdirlandi
2026-06-13 00:00:00 / Yangiliklar

Tumanimizda "Besh million sun'iy intellekt yetakchilari" loyihasining mavsum yakunlariga bag'ishlangan tantanali taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Yoshlarimizni raqamli texnologiyalar va sun'iy intellekt sohasiga keng jalb etish maqsadida o'tkazilgan ushbu nufuzli tanlovda o'quvchilarimiz respublika miqyosida yuqori natijalarni qayd etishdi. Quvonarlisi, iqtidorli yoshlarimiz jami 12 ta noutbuk, 3 ta planshet hamda 4 ta maxsus ta'lim litsenziyasini qo'lga kiritishdi.
G'oliblarni Tuproqqal'a tumani hokimi Akmal Jimalyazov shaxsan qutlab, ularga qimmatbaho sovg'alarni tantanali ravishda topshirdi. Barcha g'oliblarimizni, shuningdek, ularning ota-onalari va ustozlarini ushbu katta yutuq bilan chin dildan muborakbod etamiz.
