Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot
2026-06-12 00:00:00 / Yangiliklar

Bugun Tuproqqal'a tumanida Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi rahbariyati ishtirokida navbatdagi ochiq muloqot o'tkazildi. Unda davlat xaridlarini amalga oshirishda shaffoflikni ta'minlash, adolatli raqobatni shakllantirish va elektron savdolar tartibi tushuntirildi. Sanoat kooperatsiyasiga oid muhim masalalar ham muhokama qilindi.
Muloqotga respublika bo'ylab tadbirkorlar onlayn ulanib, mutaxassislardan o'z savollariga javob oldilar. Bildirilgan har bir murojaat qat'iy nazoratga olinib, ularni tezkor hal etish bo'yicha aniq chora-tadbirlar hamda mas'ullar belgilandi.
