Qayta tashkil etilgan texnikumlarga qabul parametrlari tasdiqlandi
2026-06-08 00:00:00 / Yangiliklar

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tasarrufidagi Kasbiy ko‘nikmalar markazlarini Kasbiy ta’lim agentligi tizimiga o‘tkazish orqali qayta tashkil etilgan texnikumlarga qabul parametrlari tasdiqlandi
Hududlarning ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holatda Kasbiy ta’lim agentligi tomonidan 9-sinf bitiruvchilari hamda kamida umumiy o‘rta ma’lumotga (11-sinf) ega bo‘lganlarni kasb va mutaxassisliklarga o‘qitish uchun qabul parametrlari belgilandi.
Unga ko‘ra Tuproqqal'a tumani 2-son texnikumiga 8 ta kasb bo‘yicha jami 480 ta qabul kvotasi tasdiqlandi.
