Raqamli xizmatlar — xalq xizmatida!
2026-06-06 00:00:00 / Yangiliklar

Tuproqqalʼa tumanining chekka hududlarida aholi va yoshlar uchun my.gov.uz portalidan foydalanish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Seminar davomida ishtirokchilar portal va mobil ilova orqali davlat xizmatlarini masofadan turib olish ko‘nikmalarini o‘rgandilar. Fuqarolarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.
Maqsad — raqamli texnologiyalar yordamida hayotimizni yanada qulaylashtirish!
