Tuproqqal'a tumanida g'alla o'rimiga rasman start berildi!
2026-05-30 00:00:00 / Yangiliklar

Bugun tuman hokimi Akmal Jimalyazov ishtirokida o'rim-yig'imni uyushqoqlik bilan tashkil etish va mavsumni betalafot o'tkazishga bag'ishlangan amaliy seminar bo'lib o'tdi. Unda don yig'imini sifatli amalga oshirish, qishloq xo'jaligi texnikalarining shayligi hamda yong'in xavfsizligini ta'minlash bo'yicha mutaxassislarning muhim tavsiya va ko'rsatmalari tinglandi.
Asosiy maqsad — peshana teri bilan yetishtirilgan hosilni nes-nobud qilmay, qisqa muddatlarda yig'ib olishdir.
Tadbir yakunida elimizga qut-baraka va rizq-ro'z so'rab nuroniylar va keksalarimiz tomonidan ezgu duolar qilindi hamda joriy yilgi g'alla o'rimiga ezgu niyatlar bilan kirishildi.
Hosilimizga baraka bersin!
