Qurbon hayiti arafasida savobli ishga o'z hissamizni qo'shaylik!
2026-05-23 00:00:00 / Yangiliklar

Xalqimizda ulug‘ bayramlar oldidan qabristonlarni obodonlashtirish go‘zal an’ana. Shu kunlarda tumanimizdagi barcha qadamjolarda tozalash ishlari boshlandi. Atrofni xazonlardan tozalash, daraxtlarga ishlov berish va ta'mirlash jarayonlari qizg'in davom etmoqda.
Barcha tuman farzandlarini, yoshlar va mahalla faollarini ushbu xayrli hasharda faol bo'lishga chorlaymiz! O‘tganlar manzilgohlarini obod qilish insoniy burchimiz hamda eng ulkan savobdir.
