TUPROQQAL’A TUMANI PROKURORINING TUMAN AHOLISIGA MUROJAATI
2026-07-01 17:45:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Assalomu alaykum aziz hamyurtlar!
Davlatimiz rahbari Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimizda inson qadrini ulug’lash, uning huquq va manfaatlarini ta’minlash borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.
Shuni ishonch bilan aytish mumkinki, davlatchiligimiz tarixi hyech qachon bugungidek keng ko’lamli va shiddatli islohotlarga guvoh bo’lmagan.
Dunyo miqyosida «Yangi O’zbekiston» degan ibora paydo bo’lib, Vatanimizning xalqaro maydondagi nufuzi va obro’ – e’tibori tobora ortib bormoqda.
Qolaversa, inson, uning hayoti, huquq va erkinliklarini himoya qilish, qonuniy manfaatlarini ta’minlash, inson qadrini ulug’lash islohotlar markaziga olib chiqildi.
Aziz eldoshlar!
Tuman prokuraturasi tomonidan jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida 2026 yilning 6 oyda muayyan ishlar amalga oshirildi.
Har 100 ming aholi soniga jami jinoyatlar tumanda o’rtacha
161 tadan to’g’ri kelgan.
Joriy yil 6 oy davomida tumanda 100 ta jinoyatlar (60) qayd etilib, shundan 15 tasi (15 foizi) oldi olinishi lozim bo’lgan, 32 tasi (32 foizi) aniqlangan va 53 tasi (53 foizi) AKT yordamida sodir etilgan jinoyatlarni tashkil etadi.
Tumanda umumiy (AKT jinoyatlardan tashqari) 47 ta jinoyatlarning 15 tasini (15 foiz) oldi olinishi mumkin bo’lgan 7 ta o’lim bilan bog’liq yo’l – transport xodisasi, 1 ta o’lim bilan bog’liq bo’lmagan yo’l – transport xodisasi, uchtasisi firibgarlik jinoyatlari tashkil etib, ularning soni avvalgi yilga nisbatan 1 taga yoki 6,3 foizga kamaygan.
Oldi olinishi lozim bo’lgan jinoyat turlaridan o’lim bilan bog’liq bo’lmagan YTX oldingi yilning mos davriga nisbatan (1/4) 3 ta 75 foizga, o’lim bilan bog’liq bo’lgan YTX 1 taga yoki 12,5 foizga kamaygan bo’lsa, firibgarlik jinoyati 200 foizga (1/3) oshgan.
Qayd qilingan jinoyatlarning bittasi yoshlar (4/1) tomonidan sodir qilingan bo’lib o’tgan yilga nisbatan 3 taga kamaygan.
Muqaddam sudlanganlar, mastlar, ishsizlar, ayollar, guruxlar va voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyat sodir etilmagan.
Tumandagi 18 ta mahallalarning 15 tasi “yashil”, 3 tasi “sariq” toifaga kiritilgan.
“Sariq” toifadagi “Sharlauq” (1 ta oldi olinadigan uncha og’ir bo’lmagan jinoyat) “Saidlar” (1 ta oldi olinadigan uncha og’ir bo’lmagan jinoyat) va “Nurobod” (1 ta oldi olinadigan uncha og’ir bo’lmagan jinoyat)mahallalarida sodir etilgan.
Qidiruvdagi 16 nafar shaxslarga nisbatan qidiruv ishlari olib borilib, o’n nafari ushlangan va qolgan olti nafar shaxslarga nisbatan qidiruv ishlari davom etmoqda.
Talonchilik, kotillik, nomusga tegish, o’zgalar mulkini nobud qilish
va avtotransportni olib qochish, odamlardan foydalanish uchun ularni yollash, bezorilik jinoyatlari sodir etilishining oldi olingan.
2026 yil 6 oyida tuman IIB faoliyatida 25 ta jinoyatlar hisobdan yashirilganligi aniqlanib, belgilangan tartibda hisobga qo’yildi va IIB mas’ul xodimlarining harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvlari o’tkazilgan.
Nazorat tadbirlari davomida aniqlangan 77 ta qonun buzilish holatlari 12 ta taqdimnoma va 3 ta qarorlar orqali bartaraf qilindi.
O’tkazilgan prokuror nazorati tadbirlari davomida 12 nafar shaxsning buzilgan huquqlari tiklandi.
Tuman prokuraturasi va IIBda dastlabki tergovning sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan qator chora-tadbirlar ko’rilgan.
Tuman prokuraturasi va IIB tergovida jami 74 ta jinoyat ishining tergovi tamomlanib, 76 nafar shaxslarga nisbatan 64 ta jinoyat ishlari sudlarga yuborildi.
Jinoyat oqibatida yetkazilgan moddiy zararlarning undirilishi, shu jumladan, zararlarni qoplash maqsadida xatlangan mol-mulk yoki boshqa moddiy-qimmatliklarni haqiqiy bahosini aniqlashning barcha choralari ko’rib kelindi.
Shu davrda tuman prokuraturasi va IIBda tergov qilingan jinoyat ishlari bo’yicha asossiz ravishda jinoiy javobgarlikka tortilgan, ushlangan hamda sud tomonidan oqlangan shaxslar bo’lmagan.
2026 yil 6 oyida fuqarolarning o’z joniga qasd yoki suiqasd qilish holati o’tgan yilning shu davriga nisbatan 2 (2/3) tani tashkil qilib, 33 foizga kamaygan.
Bu borada har bir holat yuzasidan mahalla fuqarolar yig’inlariva boshqa tegishli tashkilotlarga taqdimnomalar kiritilib, tuman hokimligi bilan hamkorlikda chora - tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.
Dolzarb ahamiyat kasb etuvchi qonun hujjatlari, xususan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon va Qarorlari, yangi qabul qilingan hamda o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilgan qonunlarning mazmun mohiyatini aholi o’rtasida keng tushuntirish ishlarini tashkil etishga qaratilgan tadbirlar rejalari tuzilib, bir qator targ’ibot tadbirlar amalga oshirilgan.
Qadrli hamyurtlar !
Albatta tumandagi barqarorlikni hamda ijtimoiy – iqtisodiy islohotlardagi bardavomligini ta’minlashda tuman prokuraturasining xodimlari xalqiga, Prezidentiga sadoqat va fidoiylik bilan xizmat qiladi.
Mamlakamitimiz va xalqimiz rivoji uchun barchamiz bir birimizga yelkadosh bo’lib, hamjihatlikda harakat qilsak, har bir oila va mahallaning, tumanning rivoji, tinchligi va osoyishtaligini saqlashda albatta ko’zlangan maqsadlarga erishamiz.
MUZAFFAR SAPAYEV
Tuproqqal’a tumani prokurori
2026 yil 01 iyul
