IIB BOSHLIG’INING TUMAN AHOLISIGA MUROJAATI
2026-06-30 00:00:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Assalomu alaykum aziz hamyurtlar!
Tuman IIB tomonidan jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida o’tgan 2026 yilning 5 oy 30 kunida muayyan ishlar amalga oshirildi.
Har 100 ming aholi soniga jami jinoyatlar tumanda o’rtacha 161 tadan to’g’ri kelgan.
Joriy yil 5 oy 30 kuni davomida tumanda 100 ta jinoyatlar qayd etilib, shundan 15 tasi (15 foizi) oldi olinishi lozim bo’lgan, 32 tasi (32 foizi) aniqlangan va 53 tasi (53 foizi) AKT yordamida sodir etilgan jinoyatlarni tashkil etadi.
Tumanda umumiy (AKT jinoyatlardan tashqari) 47 ta jinoyatlarning
15 tasini (15 foiz) oldi olinishi mumkin bo’lgan 7 ta o’lim bilan bog’liq yo’l–transport xodisasi, 1 ta o’lim bilan bog’liq bo’lmagan yo’l–transport xodisasi,
3 tasi firibgarlik jinoyatlari tashkil qilgan.
Muqaddam sudlanganlar, mastlar va voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyat sodir etilmagan.
Tumandagi 18 ta mahallalarning 15 tasi “yashil” toifaga kiritilgan.
Qidiruvdagi 16 nafar shaxslarga nisbatan qidiruv ishlari olib borilib, 6 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlanmasdan qolgan.
Talonchilik, o’zgalar mulkini nobud qilish va avtotransportni olib qochish, odamlardan foydalanish uchun ularni yollash, bezorilik jinoyatlari sodir etilishining oldi olingan.
Kiber jinoyatchilik sohasida 31 ta o’g’irlik, 22 tafiribgarlik holati sodir etilgani barchamizni chuqur o’ylantirishi lozim.
Achinarlisi shundaki, ushbu jinoyatlarning aksariyati fuqarolarning ehtiyotsizligi, beparvoligi va axborot xavfsizligi qoidalariga yetarli darajada rioya etmasligi oqibatida yuz bergan.
Shu munosabat bilan, barcha fuqarolardan quyidagilarga amal qilishlarini so’raymiz:
Uy-joy va mol-mulk xavfsizligini ta’minlash, eshik-darchalarni mustahkamlash, begona shaxslarga ishonch bildirmaslik;
Qimmatbaho buyumlar va pul mablag’larini nazoratsiz qoldirmaslik;
Internet va mobil ilovalar orqali kelayotgan shubhali xabarlar, qo’ng’iroqlar va havolalarga aldanmaslik;
Bank kartalari, elektron hamyonlar va shaxsiy ma’lumotlarni hyech kimga oshkor etmaslik;
Shubhali holatlar yuzasidan zudlik bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berish. Jinoyatchilikka qarshi kurash faqat huquqni muhofaza qiluvchi organlarning emas, balki jamiyatdagi har bir fuqaroning ham mas’uliyatidir. Har birimiz qonunga itoatkor, ogoh va faol bo’lsak, ko’plab jinoyatlarning oldini olishimiz mumkin.
Tuman Ichki ishlar bo’limi tomonidan jinoyatlarni barvaqt aniqlash, oldini olish va aybdor shaxslarga nisbatan qonuniy choralar ko’rishishlari izchil davom ettiriladi.
Barchangizni beparvolikka yo’l qo’ymaslikka, jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlikka chaqiramiz.
Qonun ustuvorligi — tinch va xavfsiz hayot garovidir!
Tuman IIB boshlig’i podpolkovnik Matyakubov Mirali Ulug’bekovich
