Tuproqqal'a tumanida xotin-qizlar bilan muloqot
2026-05-21 00:00:00 / Yangiliklar

Bugun "Yosh xotin-qizlar va ularning tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash kuni" doirasida Tuproqqal'a tumani hokimi Akmal Jimalyazov tuman qizlari bilan uchrashdi.
Asosiy maqsad – qizlarni qiynayotgan ijtimoiy muammolarni o'rganish va birgalikda hal qilish. Muloqotda ta'lim, kasb-hunar egallash va bandlik masalalari muhokama qilinib, yoshlarning yangi loyihalari tinglandi.
Tuman rahbari har bir tashabbus va murojaat alohida nazoratga olinishini ta'kidlab, mas'ullarga tegishli ko'rsatmalar berdi. Intiluvchan qizlarimiz doimo e'tiborda!
