Tuproqqal'a tumanida nuroniylar holidan xabar olindi
2026-05-09 00:00:00 / Yangiliklar

Tuproqqal'a tumani hokimi Akmal Jimalyazov mamlakatimiz taraqqiyoti yo'lida uzoq yillar fidokorona mehnat qilgan bir guruh nuroniylar xonadonida bo'lib, ularning holidan xabar oldi. Tashrif davomida faxriylarga yuksak hurmat-ehtirom ko'rsatilib, ularning ijtimoiy holati o'rganildi. Shuningdek, tuman rahbari markaziy shifoxonaga tashrif buyurib, davolanayotgan bemorlar va ularning yaqinlari bilan uchrashdi. Uchrashuv jarayonida bemorlarning salomatligi hamda ularga ko'rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati yaqindan ko'zdan kechirildi.
Aholini ijtimoiy muhofaza qilish, xususan, keksalarni e'zozlash va bemorlarga zarur ko'mak ko'rsatish davlatimizning doimiy e'tiborida ekanligi alohida ta'kidlandi.
