TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
2026-05-08 00:00:00 / Majlislar

Xalq deputatlari Tuproqqal'a tumani Kengashining 24-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishida tuman Kengashi deputatlari, idora va tashkilotlar rahbarlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilot rahbarlarining hisobot va axborotlari tinglandi. Muhokamalar jarayonida deputatlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar, dolzarb masalalar yuzasidan savollar berib, ularga atroflicha javoblar oldilar.
Sessiya yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.
