Suvchilardan o‘rnak bo‘ladigan yangi tashabbus
2026-05-06 00:00:00 / Yangiliklar

Tuproqqal'a tumani suv yetkazib berish xizmatiga qarashli "Shex-yop" shlyuzi suvchilar uyida ajoyib loyiha amalga oshirildi. Endilikda bu maskanda go‘sht mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan yordamchi xo‘jalik o‘z faoliyatini boshladi.
Xo'jalikda o‘rdak, g‘oz, tovuq, qo‘y, qoramol, quyon va hatto baliq ko‘paytirish uchun barcha qulayliklar yaratilgan.
Bugun tuman hokimi Akmal Jimalyazov ushbu joyga tashrif buyurib, ish jarayoni bilan yaqindan tanishdi. Ilg'or tajribani boshqa hududlarda ham namuna sifatida ommalashtirish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Shuningdek, zahmatkash suvchilarning og'irini yengil qilish maqsadida ularga yangi skuterlar, xizmat transporti va maxsus texnikalar tantanali ravishda topshirildi.
Bunday e'tibor va amaliy harakatlar yurtimiz oziq-ovqat zaxirasiga hissa qo‘shish barobarida, fidoyi suvchilarimizning turmush farovonligi va qo'shimcha daromad topishiga xizmat qiladi.
