Tuman hokimining fuqarolar qabuli
2026-04-29 00:00:00 / Yangiliklar

Tuproqqal'a tumani hokimi Akmal Jimalyazov Xalq qabulxonasida fuqarolar murojaatlarini tingladi. Qabulda aholining kommunal xizmatlar, bandlik, sog'liqni saqlash, moddiy yordam va tadbirkorlikka oid murojaatlari tinglandi.
Ko'plab masalalar mutasaddilar ishtirokida joyida hal etildi. Muddat va qo'shimcha o'rganish talab etadigan murojaatlar yuzasidan tegishli idoralar rahbarlariga qat'iy topshiriqlar berilib, ijrosi tuman hokimi nazoratiga olindi.
