PAXTACHILIKDA XITOY TAJRIBASI
2026-04-22 00:00:00 / Yangiliklar

Tumanimiz yer maydonlarining ko'p qismida suv resurslaridan oqilona foydalanish va hosildorlikni oshirish maqsadida Xitoyning "Shinjon usuli" tatbiq etilmoqda. Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Sh.Axmedova va M.Yarashovlar ushbu agrotexnik jarayonlarni joyiga chiqqan holda o'rgandilar.
An'anaviy sxemalar o'rniga, zamonaviy 76-lik (76/10) sxemasi asosida chigitni plyonka ostiga tomchilatib ekish yo'lga qo'yildi. Hosildorlikka ta'sirini aniqlash uchun turli rangdagi (qizil, sariq, ko'k) plyonkalar sinovdan o'tkazilmoqda.
Muloqot davomida fermerlar sohaga qaratilayotgan yuksak e'tibor va imtiyozlar uchun Prezidentimizga minnatdorchilik bildirdilar.
