Payshanba – yoshlar kuni
2026-04-16 00:00:00 / Yangiliklar

Bugun Tuproqqal’a tumani hokimi Akmal Jimalyazov Navbahor mahallasida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, ularni doimiy ish bilan ta’minlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
