Ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga doir ochiq muloqot o'tkazildi
2026-04-15 00:00:00 / Yangiliklar

Respublika targ‘ibot guruhi a’zolari hamda mahalla faollari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-martdagi PF-33-sonli Farmoni mazmun-mohiyati yuzasidan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Muloqotda xotin-qizlar va bolalarni har qanday tazyiq hamda zo'ravonlikdan himoya qilish bo'yicha qonunchilikdagi yangiliklar tushuntirildi. Shuningdek, oilalarda sog‘lom muhitni shakllantirish va huquqbuzarliklarning oldini olishda mahalla faollarining o'rni alohida ta'kidlandi.
