Mahallalarga FVB davlat inspektorlari biriktirildi
2026-04-14 00:00:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi PQ-310-son qaroriga muvofiq, mahallalarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash hamda aholi xonadonlarini ishonchli himoya qilish maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Mazkur qaror ijrosini ta’minlash doirasida Yoshlik, Navbahor, Sarimoy, Saidlar, Saxovat va Nurobod mahallalariga hududiy Favqulodda vaziyatlar bo‘limining davlat inspektorlari biriktirildi.
Shuningdek, inspektorlar uchun zarur sharoitlar yaratilib, ular xizmat xonalari hamda zamonaviy ish kompyuterlari bilan ta’minlandi.
Bu kabi chora-tadbirlar aholi xavfsizligini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
